Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2020 yilning 17 yanvar kuni Samarqand viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.J.Raxmonov Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-son musiqa va san'at maktabida shaharda maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishga shahrimiz mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ota-onalar, mahalla faollari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Kun tartibida maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, ish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida gapirildi. Yig‘ilishga ishtirok etgan fuqarolar tomonidan maktabgacha ta'lim tizimi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha fikr almashinildi. Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sh.Raxmonov tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahrimiz faollaridan birgalashib keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ushbu kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan gapirib o‘tildi.


Oxirgi o‘zgarish: 25/01/2020 13:46;   Ko‘rilganligi: 250
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/2020-yilning-17-yanvar-kuni-samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligi-shjraxmonov-kattaqorgon-shahridagi-2-son-musiqa-va-sanat-maktabida-shaharda-maktabgacha-talim-tizimida-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida-yigilish-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:37