Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bayramingiz muborak, aziz bolajonlar!

Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Sizlarni 1 iyun -  Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan chin qalbimdan tabriklayman. 

Go‘zal yurtda go‘zal bayramlar yarashadi. Dunyo bolajonlarining sho‘x o‘yinlari-yu, shodon kulgulariga burkansin olam. Aziz bolajonlar! Men ishonaman Sizlar albatta kelajakda buyuk O‘zbekiston davlatimiz ravnaqiga xissa qo‘shadigan komil inson bo‘lasiz. Sizlarga sog‘liq, baxtiyor kelajak, orzularingizdek oppoq tilaklar tilayman. Quyosh mehridek iliq nur taratuvchi onajonlar, duoguy buvijonlarimiz, muxtaram ustozlar! Qalbi va ko‘ngli pok beg‘ubor bolalarni tarbiyalashda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin jajji bolajonlar!


Oxirgi o‘zgarish: 01/06/2020 11:52;   Ko‘rilganligi: 178
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/bayramingiz-muborak-aziz-bolajonlar
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:09