Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yiladi.

Endilikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Ushbu loyiha Madaniyat va Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Madaniyat vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan. Bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik va dam olish vaqtlarida belgilangan me'yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi.


Oxirgi o‘zgarish: 23/01/2021 18:21;   Ko‘rilganligi: 277
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/bogchalarda-har-kuni-maqom-va-milliy-kuylar-qoyiladi
Chop etilgan vaqti: 26/10/2021 05:20