Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bugun viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri o‘rinbosarlari, ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish sho‘ba mudirlari va metodistlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Noan'anaviy tarzda olib borilgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tajriba almashish mashg‘ulotlarini o‘tkazish yo‘riqnomasini tasdiqlash”, “Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida doimiy harakatdagi o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruqlari ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yig‘ilganlarning hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan ishlar har bir mutaxassisning lavozim majburiyatlari , me'yoriy xujjatlarning yuritilishi, O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi bo‘yicha savol javoblar o‘tkazildi. 

Yig‘ilish so‘ngida bugungi kunda ish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar kelgusida qaytarilmasligi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 25/01/2020 16:34;   Ko‘rilganligi: 253
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/bugun-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasida-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-orinbosarlari-talim-tarbiya-sifatini-taminlash-va-metodik-xizmatni-tashkil-etish-shoba-mudirlari-va-metodistlari-ishtirokida-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 07:23