Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak”

“Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak”

Bugun shahrimizdagi 4-maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv seminari ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

“Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasasi qanday bo‘lishi kerak”

Bugun shahrimizdagi 4-maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv seminari ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Tadbir ishtirokchilari muassasada tashkil etilgan “Kuzatuv kengashi”, kichik kutubxona faoliyati, bolalarni sog‘lom ovqatlantirish hamda Open Emis dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Seminarga tashrif buyurgan Samarqand viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi metodisti Zarina Abdullayeva, shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri O‘tkir Negmatov, shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari Ulug‘bek Jalolov, bo‘lim AKT mas'ul xodimi Xurshid Doniyevlar bugungi kunda yosh avlodga munosib tarbiya beruvchi maktabgacha ta'lim muassasalarining ish faoliyati qanday talablar asosida tashkil etilishi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzo‘r bo‘ldi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/04/2019 06:51;   Ko‘rilganligi: 456
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/bugungi-kunda-maktabgacha-talim-muassasasi-qanday-bolishi-kerak
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 06:57