Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kattaqo‘rg‘on shahri “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi

Keyingi yillarda yurtimizda maktabgacha ta'lim tizimida tub islohotlar qilinib, soha faoliyatini takomillashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shahrimizdagi 2-sektor hududiga qarashli “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘inida yakka tartibdagi tadbirkor Ozoda Xudoynazarovaning tashabbusi bilan 25 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim muassasasining ish boshlashi ana shu sa'y-harakatlarning amaliy natijasi desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Keyingi yillarda yurtimizda maktabgacha ta'lim tizimida tub islohotlar qilinib, soha faoliyatini takomillashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shahrimizdagi 2-sektor hududiga qarashli “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘inida yakka tartibdagi tadbirkor Ozoda Xudoynazarovaning tashabbusi bilan 25 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta'lim muassasasining ish boshlashi ana shu sa'y-harakatlarning amaliy natijasi desak to‘g‘ri bo‘ladi.  Bugun ana shu nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Ibragimov, shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari U.Jalolov, “Qoriravot” jome' masjidi imom xatibi S.Ro‘ziyev hamda “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 25/04/2019 18:07;   Ko‘rilganligi: 401
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/kattaqorgon-shahri-bahoriston-mahalla-fuqarolar-yiginida-yangi-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasasi-oz-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:06