Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 19-MTTda Nurobod tumani MTT tarbiyachilari tomonidan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2020 yil 17 yanvardagi 7-sonli bo‘yrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 30 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi 19-MTTda Nurobod tumanidan kelgan mahoratli tarbiyachilar tomonidan ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Olib borilgan mashg‘ulotlar ishchi guruh a'zolari tomonidan tahlil qilinib tegishli tavsiya va takliflar berildi. Tarbiyachilarning mahoratlarini aniqlash, o‘zaro tajriba hamda tashkilotlarda ta'lim sifatini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan bu tanlov reja asosida barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida metodik yordam ko‘rsatish maqsadida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda shahardagi 265 nafar pedagog xodimlar ishtirok etdi


Kiritilgan vaqti: 30/01/2020 18:40;   Ko‘rilganligi: 317
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/kattaqorgon-shahridagi-19-mttda-nurobod-tumani-mtt-tarbiyachilari-tomonidan-ochiq-mashgulotlar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:19