Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Murojaatlar yechimini topmoqda

Tan olish kerak, Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun aholi muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil qilingan uyma - uy yurishlar, sayyor qabullar natijasida joylardagi ko‘pgina masalalarning ijobiy yechimi topilib, fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Aynan mana shu murojaatlar ortidan ko‘plab ichki yo‘llar asfalt qilindi, maktablar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'mirlandi, yangilari barpo etildi, sog‘liqi saqlash, ishsizlik borasidagi juda ko‘plab muammolar bartaraf etildi.

Bugun shahrimizdagi “Do‘stlik” o‘yingohi zalida ham ana shunday ommaviy sayyor qabullardan biri viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan bo‘lib o‘tdi. Viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi, viloyat idora va tashkilot rahbarlari hamda shahar hokimligi, shahar Xalq qabulxonasi, sektor rahbarlari ishtirokidagi sayyor qabul davomida  fuqarolarning tadbirkorlik uchun kredit olish, ish bilan ta'minlash, elektr energiyasidagi qarzdorlik, sog‘ligini tiklash, moddiy yordam olish, ish bilan ta'minlash va boshqa masalalardagi murojaatlari atroflicha o‘rganildi.


Oxirgi o‘zgarish: 01/02/2020 12:15;   Ko‘rilganligi: 245
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/murojaatlar-echimini-topmoqda
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:46