Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi F-5537-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli MTTlar ishtirokida 2020 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi F-5537-sonli Farmoyishi O‘zbekiston Respublikasi hududiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi  va tarqalishining oldini olish, qulay sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida hamda Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2020 yil 04 fevraldagi 01-11/20-169-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Koronavirus, mavsumiy  gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha epidemik vaziyat tarqalashini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2020 yil 24 yanvardagi 14-sonli buyrig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari,hamshiralari va oshpazlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarni Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari Ulug‘bek Djalolov olib bordi. Seminarda Kattaqo‘rg‘on shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi sanitar vrachi Dilorom Omonova so‘zga chiqib bugungi kunda bu virusni kelib chiqishi,tarqalishini oldini olish bo‘yicha yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berildi. Shundan so‘ng ushbu markazning epidemiologik vrachi yordamchisi Hasanova Feruza maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ushbu holatalar yuzaga kelmasligi uchun hamshiralarga va yig‘ilganlarga kerakli tavsiyalarini aytib o‘tishdi. Seminarda maktabgacha ta'lim tashkiloti hodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislardan kerakli javoblarni olishdi. Seminar yakunida Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi va Kattaqo‘rg‘on shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan belgilangan jadval asosida har bitta maktabgacha ta'lim tashkilotida seminarlar tashkil etish belgilab olindi.


Oxirgi o‘zgarish: 24/02/2020 07:24;   Ko‘rilganligi: 253
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/ozbekiston-respublikasi-prezidentining-2020-yil-29-yanvardagi-f-5537-sonli-farmoyishi-ijrosini-taminlash-maqsadida-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 06:24