Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI TARBIYACHILARI UCHUN “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” KASBIY KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILADI

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovi  3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga, innovatsion ta'lim texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga qaratilgan.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi metodist-tarbiyachi”

“Eng yaxshi ijodkor  tarbiyachi”

“Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”

Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

a) Tanlovning birinchi -tuman (shahar) bosqichi- har yili 10 may- 20 may mobaynida o‘tkaziladi;

b) Tanlovning ikkinchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosqichi-har yili 10 iyun-20 iyun mobaynida o‘tkaziladi;

v) Tanlovning uchinchi Respublika bosqichi 1avgust -25 avgust mobaynida o‘tkaziladi.

 Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlovning  Respublika bosqichida 1,2 va 3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topiladi.

Tanlov g‘oliblarini e'lon qilish va taqdirlash har yili sentyabr oyida  o‘tkaziladi.

Tanlovning Respublika bosqichiga g‘oliblari faxriy  diplomlar bilan mukofotlanadilar va ular 1-o‘rin uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha, 2-o‘rin uchun eng kam oylik ish haqining 30 baravarigacha, 3-o‘rin uchun eng kam oylik ish haqining 20 baravarigacha miqdorda  moddiy rag‘batlantiriladilar.

Respublika bosqichining barcha ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining  maqtov yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

        Har bir nominatsiya bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bo‘lgan Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining “Maktabgacha ta'lim”  yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladilar.

       Tanlovning barcha bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda tanlovda ishtirok etish uchun talablar “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomda batafsil berilgan.


Kiritilgan vaqti: 30/04/2019 17:40;   Ko‘rilganligi: 393
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/ozbekiston-respublikasidagi-maktabgacha-talim-muassasalari-tarbiyachilari-uchun-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovi-otkaziladi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 05:11