Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand davlat universiteti: yotoqxonalarda talaba-qizlar uchun tikuvchilik xonalari tashkil etilmoqda

   Samarqand davlat universiteti rektorining talabalar turar joylarida qizlar uchun tikuvchilik xonalari tashkil etish bo‘yicha topshirig‘i ijrosining navbatdagi qadami 8-sonli yotoqxonada amalga oshirildi.

    Tikuvchilik xonasining talabalarga topshirish marosimida SamDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva ishtirok etib, talaba-qizlarning ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur tikuvchilik xonasi 5 tikuv mashinasi bilan jihozlangan.

    – Tikuvchilik bilan 5 yildan beri shug‘ullanib kelaman, - deydi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Rejabboyeva Nurxonoy, - Ushbu xona men uchun yangi imkoniyat bo’ladi. Endi darsdan bo‘sh vaqtimda tikish bilan shug‘ullanib daromad olish bilan bir qatorda, o‘zim kabi talaba qizlarga tikuvchilikni o‘rgatishim ham mumkin.


Oxirgi o‘zgarish: 30/04/2022 14:09;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/samarqand-davlat-universiteti-yotoqxonalarda-talaba-qizlar-uchun-tikuvchilik-xonalari-tashkil-etilmoqda
Chop etilgan vaqti: 26/05/2022 00:45