Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining 2018 yil 9 iyun kungi № 45/K-sonli “Seminar-trening mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq 2018 yil 12 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘lib o‘tgan seminar-trening to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori, O‘g‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son “Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali o‘tkazish maqsadida Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasining 2018 yil 9 iyundagi № 45/10 – sonli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi uslubiy birlashmasining ijodiy ishchi guruhi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar barcha maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari uchun 2018 yil 12 iyun kuni seminar-trening o‘tkazildi.

            Ushbu seminar-trening o‘tkazish uchun viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi bo‘lim sho‘ba mudiri guruh rahbari Raxmatova  Laylo Normaxmadovna va guruh a'zosi Surayyo G‘apurova tashrif buyurishdi.

            Trening qatnashchilari 4 ta guruhga bo‘linib:

1-guruh  - Quvnoq dumboqchalar

2-guruh  - Kapalak

3-guruh  - Sog‘lom bolajon

4-guruh  - Kamalak  deb nomlanib, har bir guruhlarga guruh sardorlari saylanib, seminar-trening mavzulari bilan tanishtirildi.

  1. Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta'lim dasturi asosida ishlash (innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish):
  2. Oila va mahalla hamkorlik ishlarini tashkil etish samarali (ko‘ngilochar tadbirlarini o‘tkazish tartibi)
  3. Maktabgacha ta'lim muassasalarida sport musabaqalarining yoshlar sportini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish o‘rni (musabaqalar, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlari):
  4. Maktabgacha ta'lim muassasalari xududlarida bolalar yoshini inobatga olgan holda “Ertaklar shaharchasi”ni tashkil etish (yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish) mavzulari bo‘yicha har bir guruh ishtirokchilari teatrlashtirilgan mavzuni yoritib, vatmen qog‘ozlarga o‘sha mavzuni chizib berdilar.

Bundan tashqari seminar-treningda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish shu'basi mudiri Laylo Raxmatova so‘zga chiqib, qisqa muddatli guruhlar, ochiq mujassamlashgan mashg‘ulotlar, ota-onalar badal to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini tushuntirdi. Koreya tajribasi, tarbiyachi maxorati, integratsiya va mujassamlashgan mashg‘ulotlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar va tushunchalar  berdi.

Kiritilgan vaqti: 12/06/2018 17:34;   Ko‘rilganligi: 698
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/samarqand-viloyat-maktabgacha-talim-boshqarmasi-boshligining-2018-yil-9-iyun-kungi-45-k-sonli-seminar-trening-mashgulotlarini-tashkil-etish-va-otkazish-togrisidagi-buyrugiga-muvofiq-2018-yil-12-iyun-kuni-kattaqorgon-shahridagi-2-sonli-maktabgacha-talim-mu
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 06:07