Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

YANGI YIL OSTONASIDAGI IZHORLAR

Yangi orzular, yangi rejalar va yangi umidlar bilan 2021 yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Osmoni musaffo, zamini serhosil,  turmushi farovon yurtimizda bayramlar ko‘p. Bu bayramlarning har biri o‘zgacha.

Ammo, ularning orasida yangi yil alohida ahamiyatga ega. U dillarga yangi orzu-umidlar va quvonch bag‘ishlaydi. Bu bayram avvalo sarhisob bayrami. Yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi, yangi yil uchun rejalar tuziladi. Yangi yilni kattalardan ko‘ra ko‘prok bolajonlar intiqib kutishadi. Bu bayramda kattalar yana bir yil ortda qolib, umr o‘tayotganligini his etishsa, kichkintoylar yangi yilning shukuhidan bir olam zavqqa to‘ladilar.
Yangi yil eshik qoqar ekan, uni a'lo kayfiyat ila, xushchaqchaqlik bilan kutib olish lozim. Zero, yilni qanday qarshi olsangiz har bir kuningiz ana shunday o‘tadi deyishadi. 2020 yil butun dunyo uchun sinovli va murakkab davr bo‘ldi. Nimalarnidir boy berdik, yaqinlarimizni yo‘qotdik. 2021 yil ulkan baxt, omad, unutilmas kunlarni olib kelsin. Yangi yilda barchaga quvonch, shodlik, va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin.
Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha ta'lim bo‘limi


Oxirgi o‘zgarish: 06/01/2021 17:04;   Ko‘rilganligi: 217
 
Material manzili: http://katshmtb.uz/oz/news/yangi-yil-ostonasidagi-izhorlar
Chop etilgan vaqti: 21/09/2021 11:42