Maxsus imkoniyatlar
13/01/2023

Kattaqo'rg'on shahar 15-DMTT tarbiyalanuvchilari bilan Harbiy qism tomonidan o'tkazilgan "VATANPARVARLIK" oyi munosabati bilan Ogohlik,Sergaklik ma'ruzasidan foto lavhalar

Kattaqo'rg'on shahar 15-DMTT tarbiyalanuvchilari bilan Harbiy qism tomonidan o'tkazilgan "VATANPARVARLIK" oyi munosabati bilan Ogohlik,Sergaklik ma'ruzasidan foto lavhalar

12/01/2023

Kattaqoʻrgʻon shahar 5-DMTT tarbiyalalanuvchilari tomonidan tayyorlangan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuniga" bagʻishlangan tadbirdan lavhalar

Kattaqoʻrgʻon shahar 5-DMTT tarbiyalalanuvchilari tomonidan tayyorlangan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuniga" bagʻishlangan tadbirdan lavhalar

07/01/2023

Hurmatli kattaqo‘rg‘onliklar! 10-15 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Hurmatli kattaqo‘rg‘onliklar!
10-15 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kunlari elektr energiya tarmoqlariga bo‘lgan talab ortishi sababli uzilishlar va gaz quvurlarida bosimning keskin pasayib ketishi kuzatilishi mumkin.

Shu sababli, fuqarolardan ichimlik suvi, qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari, isitish uchun qo‘shimcha pechlar, ko‘mir, o‘tin hamda boshqa kerakli narsalarni zahira qilishlari tavsiya qilinadi.

Shuningdek, aholini shu kunlari jamoat transportidan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Eslatma: Turli yo‘llar bilan uylarni isitish davomida is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari so‘raladi.

29/12/2022

Yangi yil bayrami

Kattaqoʻrgʻon shahar Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Yangi yil" bayram ertaliklari nishonlanmoqda. Tadbirda bolajonlar intiqib kutgan Qorbobo va qorqiz mehmon boʻlib kelib, bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat va sovgʻalar ulashdi.

22/12/2022

MUROJAATNOMAGA - MUNOSABAT

2023 yilning — «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilinishi barcha ta’lim tizimi xodimlarining qalbida quvonch va faxr tuyg‘ularini uyg‘otish bilan birgalikda ulkan mas’uliyat yukladi. Shu munosabat bilan yosh avlodga zamonaviy ilm-fan sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda ularni yuksak ma’naviyatli, umumbashariy qadriyatlar va an’analarimizga sodiq, kreativ fikrlaydigan komil inson qilib tarbiyalamog‘imiz zarur. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishning yagona to‘g‘ri yo‘lidir. Bu yo‘lda pedagoglarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmatga munosib ta’lim va tarbiya berishimiz darkor! Kattaqo’rg’on shahar MTB mudiri U.Djalolov

15/12/2022

Vazir bog‘cha mudiralarini sertifikat asosida ishga olish haqidagi savolga javob berdi

Yaqinda Qashqadaryodagi bog‘chalardan birida mudira tayinlanishi janjalga sabab bo‘ldi. Bu lavozimga tayinlanishdagi korrupsiya va inson omilini kamaytirish uchun maktab direktorlaridan talab qilinayotgan sertifikat tizimini bog‘chalarga ham joriy etish mumkinmi? Vazir Agrippina Shin shu savolga javoban tegishli magistratura yo‘nalishi ochilganini aytdi, lekin sertifikat haqida gapirmadi.