Bayramingiz muborak, aziz Ustoz va murabbiylar!
Assalomu alaykum! Hurmatli, qadri baland, mehribon ustozlar Sizlarni 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Hayotingizni yosh avlodni ma'nan yetuk, jismonan baquvvat, ona Vatanimizga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalashdek ezgu ishga bag‘ishlagan, yuragi ilmu fan, yaxshiligu sahovatga to‘la Siz aziz ustozlarni Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz osoyishtaligi, turmushimiz farovonligi yo‘lidagi mas'uliyatli faoliyatingizga ulkan zafarlar, mustahkam salomatlik, sharafli va mashaqqatli kasbingizga kuch-quvvat tilayman! BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! Hurmat bilan Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri O.Kadirov
Oxirgi o‘zgarish: 06/01/2021 17:07; Ko‘rilganligi: 602
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 23:12