Bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yiladi.
Endilikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Ushbu loyiha Madaniyat va Maktabgacha ta'lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Madaniyat vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan. Bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik va dam olish vaqtlarida belgilangan me'yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi.
Oxirgi o‘zgarish: 23/01/2021 18:21; Ko‘rilganligi: 737
Material manzili: https://katshmtb.uz/press/news/bogchalarda-har-kuni-maqom-va-milliy-kuylar-qoyiladi
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 22:32
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 22:32