Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Zumradoylar davrasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovni tashkil etishdan maqsad qizlarimizni yoshlikdan o‘zbekona urf-odatlarga o‘rgatish, milliy ruhda tarbiyalash, shuningdek, o‘zbekligimizga mos fazilatlarni va an'analarimizni saqlab qolishdir.
Bibixonim, To‘maris avlodlari davomchilari sifatida tashkil etilgan mazkur bellashuvda maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchi qizlari o‘zaro bellashdilar.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligidan, Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha ta'lim bo‘limidan, "Haydarchaman" mahalla fuqarolar yig‘inidan vakillar qatnashdilar.
Oxirgi o‘zgarish: 01/02/2020 12:03; Ko‘rilganligi: 1041
Material manzili: https://katshmtb.uz/press/news/kattaqorgon-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-2-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-zumradoylar-davrasi-korik-tanlovi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 23:07
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 23:07