O‘quv soati o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi apparati mas'ul xodimlarining siyosiy, huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jahonda va mamlakatimzda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yetkazib borish yuzasidan navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi.
O‘quv soatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 3955-sonli qarori bilan tanishtirish uchun so‘zni bo‘limning davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish bo‘yicha metodisti F.Kurbanova ma'ruza qildi. F.Kurbanova ushbu qarorning mazmun-mohiyati, asosiy maqsadi va vazifalari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini keltirib o‘tdi. Shuningdek tizimda ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va ahborot texnologiyalarini joriy etish, ta'lim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimini pedagog va rahbar xodimlari tarkibini o‘qitish hamda turli telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash, o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash, tizimga joriy etilayotgan ta'lim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Oxirgi o‘zgarish: 25/09/2020 09:40; Ko‘rilganligi: 719
Chop etilgan vaqti: 07/02/2023 22:38