Samarqand davlat universiteti: yotoqxonalarda talaba-qizlar uchun tikuvchilik xonalari tashkil etilmoqda
Samarqand davlat universiteti rektorining talabalar turar joylarida qizlar uchun tikuvchilik xonalari tashkil etish bo‘yicha topshirig‘i ijrosining navbatdagi qadami 8-sonli yotoqxonada amalga oshirildi.
Tikuvchilik xonasining talabalarga topshirish marosimida SamDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva ishtirok etib, talaba-qizlarning ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur tikuvchilik xonasi 5 tikuv mashinasi bilan jihozlangan.
– Tikuvchilik bilan 5 yildan beri shug‘ullanib kelaman, - deydi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Rejabboyeva Nurxonoy, - Ushbu xona men uchun yangi imkoniyat bo’ladi. Endi darsdan bo‘sh vaqtimda tikish bilan shug‘ullanib daromad olish bilan bir qatorda, o‘zim kabi talaba qizlarga tikuvchilikni o‘rgatishim ham mumkin.
Oxirgi o‘zgarish: 30/04/2022 14:09; Ko‘rilganligi: 274
Chop etilgan vaqti: 08/02/2023 00:11