Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalarida 1-iyun "Halqaro bolalarni himoya qilish" kuniga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi hamda shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi bilan hamkorlikda 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda “Kitoblar dunyosi” kichik kutubxona namoyishi,”Ertaklar olami” o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi hamda sport musobaqalari tashkil qilindi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.

Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kunning ham o‘z tarixi bor. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog‘ida ham o‘z ifodasini topgan. Unda yer shari barchamizning umumiy uyimiz hisoblansa, atrofdagi bolalar esa baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi. Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konserlar, ko‘rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o‘tkaziladi. Istirohat bog‘lari esa bolalarning tabassumlari bilan go‘yoki mo‘jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O‘zbekiston - bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so‘ng aynan Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya turishi ham buning yaqqol isbotidir.  

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbirlaridan fotolavhalar.


Oxirgi o‘zgarish: 28/06/2018 13:48;   Ko‘rilganligi: 1664
 
Material manzili: https://katshmtb.uz/press/news/samarqand-viloyati-kattaqorgon-shahridagi-maktabgacha-talim-muassasalarida-1-iyun-halqaro-bolalarni-himoya-qilish-kuniga-bagishlangan-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 05/10/2022 15:53