Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Vazir bog‘cha mudiralarini sertifikat asosida ishga olish haqidagi savolga javob berdi

Yaqinda Qashqadaryodagi bog‘chalardan birida mudira tayinlanishi janjalga sabab bo‘ldi. Bu lavozimga tayinlanishdagi korrupsiya va inson omilini kamaytirish uchun maktab direktorlaridan talab qilinayotgan sertifikat tizimini bog‘chalarga ham joriy etish mumkinmi? Vazir Agrippina Shin shu savolga javoban tegishli magistratura yo‘nalishi ochilganini aytdi, lekin sertifikat haqida gapirmadi.

Shu yildan boshlab, maktab direktori lavozimiga tayinlanish uchun nomzodlar maxsus kursda o‘qigan va imtihondan o‘tib, menejerlik sertifikatini olgan bo‘lishi shart degan talab o‘rnatildi. Kun.uz muxbiri yaqinda Qashqadaryoning Mirishkor tumanida bog‘cha mudirasini tayinlash jarayoni janjalga aylanib ketganidan kelib chiqib, bunday sertifikatni bog‘chalarga ham tatbiq qilish zarurati haqida maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning fikri bilan qiziqdi.

Vazir savolga javoban kadrlarni bog‘cha mudirligiga o‘qitish yo‘lga qo‘yilayotganini aytdi, lekin sertifikat masalasini tilga olmadi.

Shuningdek, Agrippina Shin anjumanda jurnalistlar tomonidan berilgan savollar ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Ammo aynan sertifikatlar orqali bog‘cha direktorlarini tayinlash masalasi ochiqligicha qoldi.


Kiritilgan vaqti: 15/12/2022 09:32;   Ko‘rilganligi: 61
 
Material manzili: https://katshmtb.uz/press/speeches/vazir-bogcha-mudiralarini-sertifikat-asosida-ishga-olish-haqidagi-savolga-javob-berdi
Chop etilgan vaqti: 08/02/2023 00:15